date

Arsenalning oyning eng yaxshi futbolchisi nomzodlari maʼlum

Arsenalning oyning eng yaxshi futbolchisi nomzodlari maʼlum
Londonning "Arsenal" jamoasida oktabr oyi yakunlariga koʻra eng yaxshi oʻyinchi unvoni uchun toʻrt nafar futbolchi kurash olib boradi. Ular himoyachilar Yurryen Timber va Gabriel dos Santos, yarim himoyachi Deklan Rays hamda hujumkor yarim himoyachi Bukayo Saka boʻlishadi.

Eslatib oʻtamiz, "Arsenal" jamoasi rasmiy musobaqalarda 28-sentabrdan beri oʻz darvozasiga gol kiritib yubormayapti. Oʻshanda "kanonirlar" safarda "Nyukasl" jamoasi qarshisida gol oʻtkazib yuborgan edi.

Shundan buyon jamoa himoyasi biror marta sustkashlikka yoʻl qoʻygani yoʻq. Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida hozirda "Arsenal" birinchi oʻrinni egallab turibdi va 25 ochkoga ega.

Ikkinchi oʻrindagi jamoa bilan farq oltita ochkoni tashkil etadi. Chempionlar ligasi guruh bosqichida esa "Arsenal" toʻqqiz ochko bilan toʻrtinchi oʻrinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arsenalning oyning eng yaxshi futbolchisi nomzodlari maʼlum