date

Belarusdagi migrantlarning yarmi Markaziy Osiyodan

Belarusdagi migrantlarning yarmi Markaziy Osiyodan
Minsk shahrida bo‘lib o‘tgan III Xalqaro Yevroosiyo xavfsizligi konferensiyasida Belarus Mehnat va ijtimoiy himoya vazirining o‘rinbosari Tatyana Astreyko so‘nggi bir yil ichida mamlakatdagi mehnat migrantlari soni 1,5 barobar oshganini va 32 ming kishiga yetganini ma’lum qildi. Asosiy ko‘rsatkichlar: - Mehnat migrantlarining 54 foizini O‘zbekiston va Turkmaniston fuqarolari tashkil qiladi; - Hindiston va Nepal fuqarolari soni ham sezilarli darajada oshgan; - 70 foiz migrantlar ishchi kasblarda mehnat qilmoqda.

Astreykoning ta’kidlashicha, Belarusdagi band aholining umumiy tuzilmasida mehnat migrantlarining ulushi hali ham juda past bo‘lib, 1 foizdan kamni tashkil qiladi. Shuningdek, u O‘zbekiston va Turkmaniston fuqarolari, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari fuqarolari kabi, belarusliklar bilan teng huquqlarga ega emasligini qayd etdi.

Aksariyat xorijiy migrantlar Minsk va Minsk viloyatida yashab, ishlamoqda. Astreyko Belarusning xorijliklar uchun jozibadorligini o‘sib borayotgan ish haqi, ishlab chiqarish bo‘yicha o‘quv imkoniyatlari va umuman toqatli muhit bilan izohladi.

Shu bilan birga, Belarusda so‘nggi yillarda siyosiy repressiyalar tufayli yuz minglab odamlar, asosan yoshlar va mehnatga layoqatli o‘rta yoshdagi shaxslar mamlakatni tark etmoqda. Bu jarayon demografik inqiroz va aholining qarishi bilan birga kuzatilmoqda.

Bu esa hukumatni mehnat migrantlarini jalb qilishga majbur qilmoqda. Shunga qaramay, Belarus Markaziy Osiyo aholisi uchun Rossiyaga qaraganda ancha kamroq jozibador: mamlakatda ish o‘rinlari bozorining kichikligi va ish haqlarning pastligi bunga sabab bo‘lmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Belarusdagi migrantlarning yarmi Markaziy Osiyodan