
Rossiya armiyasi yangi yirik hujum amaliyotiga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb yozmoqda The Telegraph nashri. Manbalarga ko‘ra, hujum uchun ehtimoliy yo‘nalishlardan biri — Sumi viloyati bo‘lishi mumkin.
Kurskdan Sumiga — Ukraina qo‘shinlarining harakati nima anglatadi?
The Telegraph ma’lumotiga ko‘ra, Kursk viloyatidan Ukraina qo‘shinlari olib chiqilib, ular Sumi yo‘nalishiga joylashtirilmoqda. Bu esa Kiyev ushbu yo‘nalishda hujumni kutmoqda, degan xulosaga olib kelmoqda.
Shunga qaramay, nashr bilan suhbatlashgan ekspertlar Rossiya armiyasining Sumi frontidan jiddiy yurish qilishi ehtimolini past baholagan.
Hujum bor, lekin keng qamrovli emas
FDD tashkilotining Rossiya dasturi direktori o‘rinbosari Jon Hardi shunday deydi:
“Biz hujumlar soni oshganini ko‘ryapmiz, lekin bu cheklangan kuchlar bilan amalga oshirilyapti. Ular frontni yorishi mumkin, lekin strategik yutuq olishlari qiyin.”
Harbiy operatsiyalar asosan piyoda qo‘shinlar orqali olib borilayotgani ta’kidlandi. Bu texnika va zirhli vositalar taqchilligi bilan izohlanmoqda.
The Telegraph statistikasi: Rossiya nima yo‘qotdi?
O‘tgan bir yil ichida:
- 3 000 dan ortiq tank,
- 9 000 dan ortiq zirhli texnika,
- 13 000 dan ortiq artilleriya tizimlari yo‘qotilgan.
“Zaxiradagi texnikaga qarab, ularning xizmatga yaroqli qismi kamayib boryapti. Yil oxiriga kelib Rossiya yangi kuchlarni safarbar etishda jiddiy muammolarga duch keladi,” — deydi Hardi.
Sumi va Xarkovda faollik ortmoqda
Ukraina Bosh qo‘mondoni Oleksandr Sirskiyning bayonotiga ko‘ra, Rossiya Sumi va Xarkov yo‘nalishlarida hujumlarni boshlagan. Frontning bir necha nuqtalarda janglar soni sezilarli darajada ko‘paygan.
Ukraina razvedkasi bahor oxiri yoki yoz boshlarida hujum yanada kuchayishi mumkinligini taxmin qilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!