date
views 93

Tramp to‘rt soatlik tibbiy ko‘rikdan o‘tdi — “Barcha savollarga to‘g‘ri javob berdim”

[img]https://zamin.uz/uploads/posts/2025-04/3826e7b69c_men-boyman-2025-04-12t133217_091.webp[/img]
AQSh prezidenti Donald Tramp Walter Reed milliy harbiy tibbiyot markazida to‘rt soatlik tekshiruvdan o‘tdi. Oq uy xabariga ko‘ra, prezident aqliy qobiliyatlar bo‘yicha testni muvaffaqiyatli topshirgan.

“Barcha savollarga to‘g‘ri javob berganimni ayta olaman,” — dedi 78 yoshli Tramp jurnalistlarga.

Tekshiruv natijalari tez orada e’lon qilinadi

Oq uy matbuot kotibi Kerolin Levittga ko‘ra, so‘nggi tibbiy ko‘rik natijalari imkon qadar tezroq e’lon qilinadi.

Trampning oxirgi rasmiy tibbiy hisobotlari 2018 yilda e’lon qilingan. Oradan yillar o‘tganligi sababli bu holat mutaxassislar va OAV e’tiborini tortmoqda.

Mutaxassislar nimadan xavotirda?

New York Times xabariga ko‘ra, saylovlar oldidan sog‘liq haqida ma’lumotlar yo‘qligi tibbiyot mutaxassislarida xavotir uyg‘otgan.

“Tramp yoshidagi odamlarda yurak kasalliklari va aqliy qobiliyatlarning pasayishi ehtimoli yuqori,” — deyiladi maqolada.

Ta’kidlanishicha, yoshi ulg‘aygan сари kognitiv qobiliyatlar — xotira, e’tibor va fikrlash tezligi pasayadi. Shu sabab, bunday testlar jamoatchilik uchun muhim signal hisoblanadi.


Siz nima deb o‘ylaysiz — AQSh prezidentlari uchun tibbiy tekshiruvlar ochiq va doimiy bo‘lishi kerakmi?

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo