
O‘zbekiston Superligasining 5-turidan qoldirilgan bellashuv 11 aprel, juma kuni bo‘lib o‘tdi. Unda “Mash’al” o‘z maydonida “Neftchi”ni qabul qildi.
Tezkor gollar va shiddatli temp
Uchrashuv juda faol boshlandi. 6-daqiqada Bilolxon Toshmirzayev hisobni ochdi. Bo‘lim yakuniga yaqin Jamshid Iskanderov ikkinchi golni urdi.
Birinchi bo‘limning so‘nggi lahzasida esa Sardor Abduraimovning goli “Mash’al”ni o‘yinga qaytardi.
Jokich va G‘ofurovning zarbalari natija berdi
Ikkinchi bo‘lim yanada jadal davom etdi. 58-daqiqada Yovan Jokich hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.
O‘yin tugash arafasida, 90-daqiqada Anvarjon G‘ofurov “Neftchi”ning to‘rtinchi goliga mualliflik qildi.
“Mash’al” — “Neftchi” 1:4
Gollar: Bilolxon Toshmirzayev (Ibrohimhalil Yo‘ldoshev) 7, (0:1), Jamshid Iskanderov 43, 0:2, Sardor Abduraimov 45+2 1:2, Yovan Jokich (Jamshid Iskanderov) 58, 1:3, Anvarjon G‘ofurov (Quvondiq Ro‘ziyev) 90, 1:4
"Mash’al": 35. Dostonbek To‘xtaboyev (1. Umidjon Hamroyev, 46), 2. Mudasiru Salifu, 6. Javohir Abdualimov, 8. Sardor Abduraimov, 9. Ibrohim G‘anixonov (7. Islombek Baratov, 62), 15. Muhammadali Aliqulov, 17. Anvar Murodov (96. Ibrohim No‘monov, 46), 24. Avazxon Mamatxo‘jayev, 28. Ergash Ismoilov, 30. Shohnazar Norbekov (10. Humoyun Murtozayev,54) , 37. Sherzod Fayziyev.
Zaxira: 5. Samandar Ochilov, 18. Dilshod Rahmatullayev, 19. Islom Sharipov,, 22. Nurjahon Muzaffarov, 34. Shaxboz Jo‘rayev.
"Neftchi": 1. Botirali Ergashev, 6. Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, 7. Abrorbek Ismoilov (11. Quvondiq Ro‘ziyev, 82), 10. Jamshid Iskanderov (17. Muhammadali G‘iyosov, 82), 14. Jamshid Boltaboyev ( 5. Ikromjon Aliboyev, 90), 20. Anvarjon G‘ofurov, 21. Muxsinjon Ubaydullayev, 23. Yovan Jokich ( 24. G‘ulom-Haydar Gulyamov,90), 32. Zoran Marushich (22. Toma Tabatadze, 66), 34. Farruh Sayfiyev, 77. Bilolxon Toshmirzayev.
Zaxira: 25. Eldor Suyunov, 4. Boyan Siger, 33. Shoxruhbek Yoqubjonov, 44. Muhammadziyo Adhamjonov.
Ogohlantirish: Avazxon Mamatxo‘jayev ("Mash’al") 45+2, Mudasiru Salifu ("Mash’al") 51, Jamshid Boltaboyev ("Neftchi") 68, Ibrohim No‘monov ("Mash’al")
Farg‘onaliklar kuchli uchlikda
Bu g‘alaba “Neftchi” uchun mavsumdagi ikkinchi g‘alabaga aylandi. Jamoa 9 ochko to‘plab, turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarildi.
“Mash’al” esa hozircha 3 ochko bilan 15-pog‘onada qolmoqda.
Sizningcha, “Neftchi” bu mavsum Superligada qay darajada o‘ynay oladi? “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!