date
views 1 554

“Hammasini tekislash” — Isroil armiyasi siri ochildi

“Hammasini tekislash” — Isroil armiyasi siri ochildi
Isroilning G‘azo sektoridagi harbiy operatsiyada qatnashgan askarlar ularga berilgan buyrug‘u ko‘rsatmalar haqida ochiq gapirdi, deb trt.net.tr xabar berdi. Ular bu borada “Breaking the Silence” inson huquqlari tashkilotiga ma’lumot bergan.

Askarlarning aytishicha, ularga ayrim hududlarni “steril zona”ga aylantirish buyrug‘i berilgan. Bu zona 1,5 kilometr kenglikda bo‘lib, u yerda hech qanday bino, issiqxona yoki ekin qolmasligi kerak bo‘lgan. Gap “Netsarim yo‘lagi” va G‘azoning sharqiy chegarasiga yaqin hududlar haqida ketmoqda.

Seryozantlardan biri “Hammasini yer bilan yakson qilish kerak edi”, degan. Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, armiyada 3500 ga yaqin bino va 35 foizgacha qishloq xo‘jalik yerlarini vayron qilgan. Bu G‘azo oziq-ovqat xavfsizligi uchun katta tahdid hisoblanadi.

Askarlar kvartallarni og‘ir texnikalar bilan butkul yo‘q qilgani, jasadlarni olib chiqqani va yerlarni minalashtirgani haqida gapirib bergan. Ularning aytishicha, har qanday yaqinlashgan kishi potensial xavf sifatida baholangan.

BMT va Amnesty International bu harakatlarni ilgari ham harbiy jinoyat deb baholagan. “Breaking the Silence” esa bu faqat himoya emas, balki majburiy ko‘chirish, vayron qilish va musodara qilish ekanini ta’kidlamoqda.

Shu paytda Isroil harbiy-havo kuchlarida xizmat qilgan va zahirada bo‘lgan 1000 ga yaqin harbiy xodim urushga qarshi chiqqan murojaatga imzo chekkan. Ular urushni to‘xtatishni talab qilgan.

Rasmiylar ular bilan shaxsiy suhbatlar o‘tkazib, fikrlaridan qaytishga undagan. Faqat 25 kishi o‘z pozitsiyasidan voz kechgan, 8 kishi esa aksincha, ro‘yxatga qo‘shilish istagini bildirgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Hammasini tekislash” — Isroil armiyasi siri ochildi