date
views 1 069

Ukraina to‘rt hududni Rossiyaga bermaydi — Tarmga Kellog’dan keskin rad javob

Ukraina to‘rt hududni Rossiyaga bermaydi — Tarmga Kellog’dan keskin rad javob

Ukraina hech qachon Xerson, Zaporijja, Luhansk va Donetsk ustidan to‘liq nazoratni Rossiyaga topshirmaydi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Trampga uning Ukraina va Rossiya bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellog ma’lum qilgan. Bu haqida Reuters 11 aprel, juma kuni xabar berdi.

Kellog va Uitkoff qarama-qarshiligi

Politico nashriga ko‘ra, Kellog bu bayonoti bilan Trampning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiven Uitkoff pozitsiyasiga ochiqchasiga qarshi chiqqan. Uitkoff 11 aprel kuni Sankt-Peterburgga kelgan va u yerda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashgan.

Reuters manbalariga ko‘ra, Uitkoff Rossiyaga Ukrainaning to‘rt hududi ustidan egallikni tan olish orqali o‘t ochishni to‘xtatish tezlashishini bildirmoqda.

“Ukraina hech qachon rozi bo‘lmaydi”

Tramp bilan uchrashuvda Kellog Uitkoffga qarshi chiqqan. Unga ko‘ra, Ukraina ayrim hududlar bo‘yicha muzokaraga tayyor bo‘lishi mumkin, lekin to‘rt hududni Rossiyaga topshirishga hech qachon rozi bo‘lmaydi.


Siz nima deb o‘ylaysiz — AQSh ichidagi bu ziddiyatlar tinchlik muzokaralariga qanday ta’sir qiladi?

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo