
Saudiya Arabistoni so‘nggi ikki yildagi neft narxining eng yirik pasayishini amalga oshirdi — u o‘zining asosiy neft navi bo‘lgan Arab Light narxini Osiyo mijozlari uchun bir barreliga 2,30 dollargacha pasaytirgan.
Bloomberg‘ning xabar berishicha, bu qaror OPEC+ning kutilayotgandan keskinroq tarzda kuniga 400 ming barrelgacha neft qazib chiqarishni oshirish to‘g‘risidagi qaroridan atigi bir necha kun o‘tib qabul qilindi.
Bundan tashqari, «Trampning bojlari» ham jahon neft narxlariga jiddiy zarba berdi — neft narxi bir kunda 10 dollarga tushib ketdi: barreliga 75 dollardan 65 dollargacha. Bu so‘nggi uch yil ichida kuzatilgan eng past darajadir. Budjeti neftning jahon narxlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘langan Rossiya uchun bu haqiqiy iqtisodiy zarba bo‘ldi.
Bundan avval Tramp OPEC+dan neft narxini pasaytirishni talab qilgan edi. Uning ta’kidlashicha, bu talab inflyatsiyani pasaytirish va Rossiyaga bosimni kuchaytirish uchun zarur — u shunday qilib Kremlni Ukrainadagi urushni tugatishga undamoqchi bo‘lgan.
65 dollardan past Brent — Kreml uchun tahdid
Londondagi Brent nefti narxi 65 dollardan pastlab ketdi — bu so‘nggi to‘rt yildagi eng past ko‘rsatkich. Solishtirish uchun: Rossiya 2024–2025 yillar byujetini neft narxi 70 dollardan yuqori bo‘ladi, deb rejalashtirgan. Barcha har bir barreldagi 1 dollarlik yo‘qotish — byujet uchun milliardlab rubl zarar degani. Saudiya Arabistoni esa neft yetkazib berishni bosqichma-bosqich ko‘paytirishni rejalashtirmoqda, bu esa narxlarning yanada pasayishi xavfini yuzaga keltiradi.
Nega bu hol Rossiya uchun og‘riqli?
Rossiya iqtisodiyoti nafaqat neft, balki gaz eksportiga ham kritik darajada bog‘langan. Bu daromadlar Kremlning harbiy xarajatlarini, jumladan, Ukrainaga qarshi urushni moliyalashtirishga xizmat qilmoqda. Budjet taqchilligi oshib borayotgan sharoitda arzon neft Kremlning harbiy kampaniyani davom ettirish rejalarini barbod qilishi mumkin.
Agar narxlar tushishi davom etsa, Moskva og‘ir tanlov qarshisida qoladi: yo harbiy xarajatlarni qisqartirish kerak bo‘ladi yoki rubl bosib chiqarishga majbur bo‘ladi. Keyingi chora esa inflyatsiyani avj oldiradi. Har ikki holatda ham bu Kreml uchun iqtisodiy falokat va rossiyaliklar uchun og‘ir oqibatlarni anglatadi.
Trampning roli
Bloomberg ma’lumotiga ko‘ra, OPEC+ning qazib chiqarishni oshirishi va narxlarni tushirishi AQSH prezidenti Donald Tramp tomonidan qilingan bosim fonida yuz bergan. Tramp OPEC+dan narxlarni pasaytirishni talab qilgan, bu esa inflyatsiyaga qarshi kurashish va Rossiyaga bosimni kuchaytirish uchun zarur, deb hisoblagan. Uning qarori bir vaqtning o‘zida ikki yo‘nalishda ta’sir qilmoqda: Rossiyaning uglevodorodlar eksportidan tushadigan daromadini kamaytirmoqda va Kremlni urushni moliyalashtirish manbaidan mahrum qilmoqda.
Past narxlar muammolarni ko‘paytirmoqda
Neft narxi bir hafta ichida 10 foizdan ortiqka tushdi. Saudiya Arabistoni 2022 yil boshidan beri birinchi marta narxlarni bunchalik keskin pasaytirdi. May oyidan boshlab bozorga qo‘shimcha neft oqimi kirib keladi. Bu bilan birga, Moskva OPEC+ ichida ta’sirini yo‘qotmoqda — Saudiya Arabistoni borgan sari mustaqil harakat qilmoqda.
Rossiya uchun tahlikali manzara
Rossiya neft qopqoniga tushib qoldi. Narxlarning bu tarzda keskin pasayishi RF iqtisodiyotidagi eng zaif nuqta — neft eksportidan tushadigan daromadga zarba bermoqda. Agar narxlar barqarorlashmasa, Kreml 2014 yilgi inqirozda ham kuzatilmagan miqyosdagi byujet falokatiga duchor bo‘lishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar