
Microsoft kompaniyasi asoschisi, mashhur amerikalik tadbirkor va milliarder Bill Geytsga ko‘ra, sun’iy intellekt (SI) yaqin kelajakda tibbiyot va ta’lim sohalaridagi ko‘plab mutaxassislarning o‘rnini bosishi mumkin.
“SI tibbiyotga intellektual kuch olib kiradi va kadrlarga bo‘lgan tanqislik muammosi yo‘qoladi”, — dedi Geyts.
Uning ta’kidlashicha, Hindiston, Afrika hamda AQSHda tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislar yetishmasligi jiddiy muammoga aylangan. Masalan, Amerika tibbiyot kollejlari assotsiatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, AQSH 2036 yilga kelib 86 ming shifokorga ehtiyoj sezadi.
Xuddi shunday holat ta’lim sohasida ham kuzatilmoqda. AQSH davlat maktablarining 86 foizi 2023–2024 o‘quv yili uchun yetarli o‘qituvchi topishda qiyinchilikka duch kelgan. Ularning 45 foizi bu muammoni jiddiy yetishmovchilik sifatida baholagan.
Buyuk Britaniyadagi Londonda joylashgan David Game kolleji ChatGPT asosidagi SI modelini ta’limda sinovdan o‘tkazdi. 20 nafar talabadan iborat guruh bir yil mobaynida ingliz tili, matematika, biologiya va informatika fanlarini SI yordamida o‘rgandi. O‘qituvchilar, avval boshda SI yordamidagi ta’limda firibgarlik xavotirlarini bildirgan bo‘lsalar-da, keyinchalik bu texnologiya vaqtni tejashi va o‘quv jarayonini samaraliroq qilishini ta’kidlashdi.
Bill Geyts ushbu mavzuda yanada kengroq fikr bildirdi. Uning fikricha, SI nafaqat o‘qituvchi va shifokorlar, balki zavod ishchilari, qurilish mutaxassislari va mehmonxona xizmatchilari kabi boshqa sohalarga ham ta’sir o‘tkazadi.
“Bunday vazifalarni bajarish uchun qo‘llar juda mukammal bo‘lishi lozim. Va biz bu natijaga yetishimiz aniq”, — dedi u.
Geytsga ko‘ra, sun’iy intellekt ish joylarini qisqartiradi yoki ularning tabiatini o‘zgartirishi mumkin. Odamlar ertaroq pensiyaga chiqishlari, qisqartirilgan ish haftasiga o‘tishlari ehtimoldan xoli emas.
“Bu masala faqat iqtisodiy emas, balki falsafiy jihatdan ham qayta ko‘rib chiqilishi kerak: keyin nima bo‘ladi?”, — deb qo‘shimcha qildi u.
Eslatib o‘tamiz, hali 1930 yilning o‘zida mashhur iqtisodchi Jon Meynard Keyns insonlar kelajakda faqat 15 soatlik ish haftasi bilan cheklanishi mumkinligini aytgan edi. Ammo ortidan 100 yil o‘tsa-da, aksariyat odamlar hali ham 40 soatlik ish haftasini bajarishmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar