
AQSHning Shimoliy Karolina shtatida yashovchi homilador ayol o‘z salomatligida g‘alati alomatni sezgach, sun’iy intellekt — ChatGPT'ga murojaat qildi. U olgan tavsiyalar esa nafaqat uning, balki tug‘ilmagan farzandining ham hayotini saqlab qoldi, deb yozmoqda Motherly manbasiga tayangan holda “Pravila jizni”.
Nataliya Terriyen homiladorlikning oxirgi — sakkizinchi oyida edi. Bir kuni u to‘satdan jag‘ atrofi mushaklari taranglashib, og‘izni ocha olmaslikni his qildi. U holatni jiddiy deb hisoblamay, ChatGPT'dan so‘radi: “Nega jag‘imni qimirlata olmayapman?”
ChatGPT javobida qon bosimini tekshirishni tavsiya qildi. Nataliya bunda shoshilmasdan amal qildi — natija esa hayratlanarli edi: qon bosimi me’yordan ancha yuqori, shu bois sun’iy intellekt unga zudlik bilan tez yordam chaqirishni maslaxat berdi.
Kasalxonada esa holat juda xavfli deb baholandi — ayolning qon bosimi 200/146 gacha ko‘tarilgan. Shifokorlar vaziyatni kechiktirmay hal qilish uchun chaqaloqni muddatidan oldin tug‘dirish haqida qaror qabul qilishdi. Agar Terriyen o‘sha kecha uyquga yotgan bo‘lsa, shifokorlar fikricha, u ehtimol to‘satdan hushini yo‘qotishi yoki uyg‘onmasligi mumkin edi.
Hozirda ona va bola sog‘-salomat, barcha narsa yaxshilikka chiqdi.
Nataliya bu voqea bilan Instagram orqali o‘rtoqlashdi. Uning “ChatGPT hayotimni saqlab qoldi” degan postini millionlab odamlar ko‘rib, ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqatishdi va yuz minglab layklar bilan qo‘llab-quvvatlashdi.
Texnologiya inson hayotiga yordam bera oladi deb o‘ylaysizmi? Yoki unga haddan ziyod suyanmaslik kerakmi? Fikringizni yozing!
ChatGPT Homiladorlik Nataliya Terriyen Sog‘liq Qon Bosimi Chaqaloq Sun’iy Intellekt AQSH Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar