date

Harbiy veteranlar nega kiberxavfsizlik sohasiga o‘tmoqda?

Harbiy veteranlar nega kiberxavfsizlik sohasiga o‘tmoqda?
Bugungi raqamli davrda kiberxavfsizlik global miqyosda eng dolzarb va tez rivojlanayotgan yo‘nalishlardan biriga aylandi. Dunyoda to‘rt millionga yaqin malakali kiberxavfsizlik mutaxassisi yetishmayotgani esa bu sohaga bo‘lgan ehtiyojni yaqqol ko‘rsatmoqda. Shu ehtiyojni qondirishda, kutilmaganda bo‘lsa-da, sobiq harbiylar – faxriylar muhim rol o‘ynamoqda.

Sobiq harbiy xizmatchilar ko‘p yillik xizmat davomida qat’iy intizom, muammolarni tezkor va aniq hal qilish, jamoada samarali ishlash, hamda og‘ir vaziyatlarda bosim ostida sovuqqonlikni saqlash kabi fazilatlarni o‘zlashtirgan bo‘lishadi. Aynan shu jihatlar kiberxavfsizlik sohasida juda zarur bo‘lgan kompetensiyalar sanaladi.

Britaniyada joylashgan Forces Employment Charity tashkiloti vakili Jeyms Myorfi o‘z harbiy xizmat tajribasini eslab, harbiyda shakllangan sezgirlik kiberxavfsizlikda qanday foydali bo‘lishini ta’kidlaydi: “Yo‘lda turib qolgan oddiy axlat qutisi, axlat yig‘ish kuni bo‘lmagan paytda xavotir uyg‘otadi – bu sezgi, bu hushyorlik, kiberxavfsizlikda ayni kerak narsa.”

Harbiy xizmatda shiddatli vaziyatlarga duch kelish, xavfga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob berish, va oldindan rejalashtirilgan strategiyani joyida o‘zgartirishga majbur bo‘lish holatlari ko‘p uchraydi. Kiberxavfsizlikda ham tahdidlar oldindan taxmin qilinadi, ularga qarshi chora-tadbirlar ishlab chiqiladi, lekin real vaziyatda tahdidlar ko‘pincha kutilmagan shaklga ega bo‘ladi.

Bu borada Britaniya harbiy artilleriyasida xizmat qilgan Mo Ahddoud o‘z fikrini bildiradi: “Hech qaysi reja dushman bilan ilk to‘qnashuvga dosh bera olmaydi. Eng muhimi – moslashuvchanlik va harakatni davom ettirish.” Bu yondashuv aynan kiberxavfsizlik mutaxassislariga zarur bo‘lgan fikrlash tarzidir.

Kiberxavfsizlik sohasi ichida “moviy jamoa” deb ataluvchi guruhlar – xavfsizlikni nazorat qilish, voqealarga javob berish va tahlil qilish bilan shug‘ullanadi. Faxriylar bu yo‘nalishda ayniqsa samarali bo‘lishadi. Bunga ularning jamoaviy ishlashga moyilligi, og‘ir vaziyatda sovuqqonlikni saqlash va aniqlik bilan ishlash qobiliyati sabab bo‘lmoqda.

LT Harper agentligi direktori Ketrin Bernning ta’kidlashicha, harbiy faxriylar bu sohada o‘z o‘rnini tez va samarali topmoqda: “Bir marta faxriyni ishga olgan ish beruvchi, ikkinchisiga ham imkon berishni istaydi.”
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Harbiy veteranlar nega kiberxavfsizlik sohasiga o‘tmoqda?