Shaolinda janjal: rohibga nisbatan og‘ir gumonlar

2 daqiqa o'qish2.1K
Shaolinda janjal: rohibga nisbatan og‘ir gumonlar

Shaolin ibodatxonasi – buddizm, tinchlik va jangovar san’at bilan tanilgan muqaddas maskan. Ammo so‘nggi kunlarda bu muqaddas joy nomus va shubhalar girdobida qoldi. Xitoyning Xenan provinsiyasida joylashgan ushbu ibodatxona bosh rohibi Shi Yunsin jiddiy ayblovlar ostida qolgani haqida China Daily xabar berdi.

Unga nisbatan surishtiruvlar olib borilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Shi Yunsin ibodatxona mablag‘lari va mulklarini shaxsiy manfaati uchun ishlatganlikda gumonlanmoqda. Shu bilan birga, u bir necha ayollar bilan “shariatga to‘g‘ri kelmaydigan munosabatlar” o‘rnatgani aytilayapti. Bu esa rohiblar tomonidan qabul qilingan qasamyodga ochiqdan-ochiq xiloflikdir. Rohiblar o‘z qasamlariga ko‘ra o‘g‘irlik, zino va dunyoviy moddiy manfaatlardan voz kechishga so‘z beradilar.

Shi Yunsin 1999 yilda bosh rohib sifatida tayinlangan va o‘sha paytdan boshlab Shaolin ibodatxonasidagi faoliyati bilan butun dunyoda tanilgan. U “Shaolin savdo-sanoat kompaniyasi”ni tashkil etgan, ushbu kompaniya orqali buddizm, jangovar san’at va ibodatxonaga oid 200dan ziyod savdo belgilarini patentlagan. Bu holat ibodatxonaning tijorat markaziga aylangani haqida bahslarni keltirib chiqargan.

Bundan tashqari, Shaolin ibodatxonasi fondlar, yakkakurash maktablari, nashriyotlar va kinostudiyalarga egalik qilishi ham yuzaga kelgan savollarni yanada ko‘paytirgan. Chunki ma’naviy ta’lim va odob-axloq me’yorlari asosida faoliyat yuritishi kerak bo‘lgan ibodatxona nima uchun buncha iqtisodiy va tijorat strukturalariga ega?

E’tiborli jihati shundaki, bu ayblovlar ilk marta emas. South China Morning Post ma’lumotlariga ko‘ra, Shi Yunsin 2015 yilda ham shunday ayblovlar bilan tanqid ostida qolgan. Uning sobiq shogirdi uni mablag‘lar talon-toroji va nikohsiz farzand ko‘rganlikda ayblagan. Ammo 2016 yilda bu ish sud tomonidan bekor qilingan.

Bugun esa qayta ko‘tarilgan shubhalar va yangi ma’lumotlar prezidentlar darajasidagi muhokamalarga sabab bo‘layotgani bejiz emas. Ibodatxona so‘nggi paytlarda sayyohlar, kinoijodkorlar va tadbirkorlar uchun keng imkoniyatlar yaratayotgani, ammo ruhiy ta’lim va ma’naviyat bormi, degan savolni o‘rtaga tashlamoqda.

Hozircha rasmiy organlar Shi Yunsinga nisbatan aniq qaror chiqarmagan. Ammo surishtiruvlar faol davom etmoqda. Ibodatxona xodimlari va mahalliy aholi bu holatdan chalkash holda. Chunki ular uchun Shaolin – muqaddas maskan, va bunday shubhalar ularning qalbini titratmoqda.

Jamoatchilik orasida bu voqea katta muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Ko‘pchilik buni ma’naviy rahbariyat va moddiy manfaat o‘rtasidagi to‘qnashuv, deb baholamoqda. Kelgusida bu ish qanday hal etiladi – vaqt ko‘rsatadi. Ammo aniqki, Shaolin endi avvalgiday faqat tinchlik va ilohiylik ramzi sifatida ko‘rilmasligi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?