
Toshkentda 21-oktyabr kuni Yandex Go xizmatining haydovchisi o'z avtomobilida yo'lovchining tug'ruq jarayonini qabul qildi. Haydovchi aslida kasbi bo'yicha pulmonolog shifokor bo'lib, bu yozda qo'shimcha daromad olish maqsadida taksichilik qilishni boshlagan.
Ushbu kundagi yagona buyurtmasi soat 11:30 atrofida Bektemir tumanidan bo'lgan. Mashinada homilador ayol, uning qaynonasi va kichik yoshdagi bola bo'lgan.
Ayol 5-shahar tug'ruqxonasi tomon yo'l olgan, lekin yo'lda tug'ruq boshlanib ketgan. "Bir necha kilometr o'tgach, tug'ruq boshlangani aniq bo'ldi.
Tezda mashinani to'xtatdim va imkonim boricha yordam berdim. Tibbiy ko'nikmalarim qo'l keldi, o'sha paytda faqat ayol va bolaning holatini o'yladim", — deydi haydovchi.
Qaynonasi bilan birgalikda u tug'ruqni muvaffaqiyatli qabul qildi. Shundan so'ng, haydovchi onani va chaqaloqni yaqin atrofdagi tez yordam punktiga yetkazdi, u yerdan esa ular tug'ruqxonaga olib ketildi.
Haydovchining so'zlariga ko'ra, ona va chaqaloqning ahvoli barqaror bo'lgan. U chaqaloqning ismini bilmasa-da, ushbu kunni hech qachon unutmasligini ta'kidladi.
Toshkentda Yandex Go haydovchisi yo'lovchini qutqardi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar