date

“Melissa” dovuli: elektr uzildi, uy tomlari uchib ketdi

“Melissa” dovuli: elektr uzildi, uy tomlari uchib ketdi
Karib dengizi mintaqasida “Melissa” nomli kuchli dovul katta talafot keltirdi. Dovul Yamayka, Gaiti va Kuba hududlarida vayronagarchiliklar, suv toshqinlari hamda elektr uzilishlariga sabab bo‘ldi. Oqibatda o‘nlab odamlar halok bo‘ldi, minglab aholi boshpanasiz qoldi.

Eng og‘ir zarar Yamaykada qayd etildi. Bosh vazir Endryu Xolnesning so‘zlariga ko‘ra, orolning katta qismida uylar, kasalxonalar va jamoat binolari butunlay vayron bo‘lgan. “Tomlarning 80 foizdan ortig‘i uchib ketgan, elektr energiyasi to‘liq uzilgan”, dedi u.

Dovul keyinchalik Gaiti va Kuba tomon siljidi. Gaitida kuchli yomg‘ir va suv toshqinlari natijasida kamida 20 kishi, jumladan bolalar ham halok bo‘lgan. Kubada esa shamol tezligi soatiga 115 milga yetib, janubi-sharqiy hududlarda og‘ir talafot keltirdi.

Buyuk Britaniya qiroli Charlz Yamaykada yuz bergan fojiadan chuqur qayg‘uda ekanini bildirdi. AQSh esa dovuldan zarar ko‘rgan hududlarga yordam ko‘rsatish uchun maxsus guruh yuborishni rejalashtirmoqda. Mutaxassislar tozalash va tiklash ishlari bir necha oy davom etishini aytmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Melissa” dovuli: elektr uzildi, uy tomlari uchib ketdi