date

O‘zbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov 87 yoshida vafot etdi

O‘zbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov 87 yoshida vafot etdi

O‘zbekiston xalq artisti, Teatr arboblari uyushmasi raisi Yoqub Ahmedov 87 yoshida vafot etdi. U butun umrini o‘zbek teatri va kino san’ati ravnaqiga bag‘ishlagan edi.

Yoqub Ahmedov sahnadagi samimiyligi, betakror rollari va ustalik bilan yaratilgan obrazlari bilan xalq mehrini qozongan. Uning nomi o‘zbek madaniyati tarixida alohida o‘rin tutadi.

Uning xotirasi teatr ixlosmandlari, hamkasblari va shogirdlari yuragida doimo yashaydi.

Tahririyatimiz nomidan Yoqub Ahmedovning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » O‘zbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov 87 yoshida vafot etdi