
AQSh prezidenti Donald Tramp 30 yildan keyin mamlakatda yadro qurollarini sinovdan o‘tkazishni qayta yo‘lga qo‘yishni buyurdi. U bu qarorni Rossiya va Xitoy kabi davlatlar o‘z sinov dasturlarini davom ettirayotgani bilan izohladi. Trampning aytishicha, bu chora AQShning mudofaa kuchini saqlash va raqobatchilardan ortda qolmaslik uchun zarur.
Prezident ijtimoiy tarmoqlarda “boshqa davlatlar yadro qurollarini sinovdan o‘tkazayotgan bir paytda, biz ham teng asosda sinovlarni boshlaymiz” deb yozdi. U bu bayonotni Xitoy rahbari Si Szinpin bilan Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadigan uchrashuvi oldidan e’lon qildi.
AQSh oxirgi marta 1992-yilda Nevada shtatida yadro qurolini sinovdan o‘tkazgan edi. Trampning bu qarori AQShning yadro siyosatida yangi bosqichni boshlab beradi.
Nevada sinov maydoni hali ham hukumat ixtiyorida saqlanmoqda. Mutaxassislarning aytishicha, zarurat bo‘lsa, bu joy yana sinovlar uchun tayyor holatga keltirilishi mumkin. Tramp esa bu jarayonni “darhol boshlash kerakligini” ta’kidladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!