date

Aeroport qurilishi uchun uylar buziladi

Aeroport qurilishi uchun uylar buziladi
O'rtachirchiq tumanida Kuyichirchiq tumani bilan chegaradosh hududda yangi xalqaro aeroport qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda hokimiyat xabar berdi.

Qurilish hududiga tushib qolgan Xalqobod va Yangiyo'l mahallalaridagi uylar buziladi. Uy egalariga kompensatsiya to'lanadi.

O'rtachirchiq tumani hokimi Islom Qosimov Xalqobod mahallasi aholisi va fermer xo'jaliklari rahbarlari bilan uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuvda to'lov tartibi va ko'chirish jarayoni muhokama qilindi hamda barcha protseduralar tushuntirildi.

Aholiga kompensatsiya olish tartibi va zarur hujjatlar haqida ma'lumot berildi. Tuman xizmatlari vakillari buzish va ko'chirish bilan bog'liq barcha savollarga javob berdilar.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Aeroport qurilishi uchun uylar buziladi