date

Laslo Krasnaxorkai adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini oldi

Laslo Krasnaxorkai adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini oldi
Vengriyalik mashhur yozuvchi Laslo Krasnaxorkai adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Nobel qo‘mitasi mukofotni unga “qiyomat dahshati sharoitida san’atning qudratini yana bir bor isbotlagan ishonchli va teran ijodi uchun” taqdim etganini ma’lum qildi. Komita Lasloni “Kafka va Tomas Bernxard davridan qolgan Markaziy Yevropa an’analariga mansub buyuk epik yozuvchi” deb ta’rifladi.

Krasnaxorkai 1985 yilda nashr etilgan “Shaytanat tangosi” romani orqali tanilgan. Uning mashhur asarlari orasida “Qarshilik g‘amginligi” va “Urush va urush” romanlari ham bor. Eslatib o‘tamiz, 2024 yilgi adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti janubiy koreyalik Xan Kangga berilgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Laslo Krasnaxorkai adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini oldi