AQSH prezidenti Donald Trampning ma’lum qilishicha, Isroil va HAMAS o‘rtasidagi kelishuv rejasining dastlabki bosqichi imzolandi. Unga ko‘ra, bu hujjat G‘azo mintaqasidagi qurolli to‘qnashuvni to‘xtatish sari muhim qadam sifatida baholanmoqda.
Kelishuvga muvofiq, Isroil qo‘shinlari kelishilgan chiziqlar ortiga qaytariladi. HAMAS esa urushni to‘xtatish va Isroil harbiylarini G‘azodan chiqarishni nazarda tutuvchi kelishuv kuchga kirganini tasdiqladi. Shuningdek, harakat Tramp va kafil davlatlarni uning to‘liq ijrosini ta’minlashga chaqirdi.
Times of Israel nashri yozishicha, kelishuv doirasida HAMAS shanba kuni barcha tirik garovdagilarni ozod qiladi. Evaziga taxminan 2 ming nafar falastinlik mahbuslar almashtiriladi, deb xabar bermoqda AFP.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar