AQSHning Missuri universitetida tahsil oluvchi 19 yoshli yigit sun’iy intellekt bilan bo‘lgan suhbati orqali fosh bo‘ldi. The Smoking Gun nashri yozishicha, suddagi asosiy dalil aynan uning ChatGPT bilan yozishmasi bo‘lgan — tergovchilar buni aybini tan olish sifatida baholagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, talaba universitet shaharchasida vandallik qilgan: u 17 ta avtomobilni shikastlagan, oynalarini sindirgan va kuzov qismlarini ezgan. Kuzatuv kameralari uni voqea joyida bo‘lganini ko‘rsatgan, ammo hal qiluvchi dalil ChatGPT bilan yozishgan xabarlar bo‘lgan.
Hodisadan keyin u chat-botdan “men qamoqqa tushamanmi?” deb so‘ragan va “ana shu behuda mashinalarni sindirdim” deb yozgan.
Yosh yiitga qasddan mulkka ziyon yetkazish moddasi bo‘yicha ayb qo‘yilgan va u Grin okrugi qamog‘iga joylashtirilgan. Sud uni 7500 dollar kafolat puli evaziga ozod etishi mumkin.
Nashr ta’kidlashicha, AQSHda tergovchilar yozishmalarni gumondorning roziligi bilan oladi. Germaniyada esa bu faqat sud ruxsati bilan amalga oshiriladi. Shu bilan birga, Bremen Oliy yer sudi qarorlariga ko‘ra, ayrim hollarda politsiya gumondorning telefonini barmoq izi orqali majburiy ravishda ochishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!