Eron hukumati majburiy hijob qonuni ijrosini vaqtincha to‘xtatdi, deb xabar berdi mahalliy OAVlar. Endi hijob taqmagan ayollar jarima yoki boshqa turdagi jazoga tortilmaydi. Bu qaror mamlakatdagi siyosiy bosim, keng jamoatchilik noroziligi va xalqaro tanqidlar fonida qabul qilindi.
Ma’lumot uchun, 2023 yil oxirida Eron parlamenti “Hijob va poklikni targ‘ib qilish orqali oilani qo‘llab-quvvatlash” to‘g‘risidagi qonunni qabul qilgan edi. Unda hijob taqmaslik holatlari uchun katta jarimalar va jinoiy jazolar ko‘zda tutilgan, shuningdek, ayollar bilan ishlovchi tashkilotlarga ham sanksiyalar joriy etilgandi.
Biroq 2024–2025 yillarda bu qonunning amaliy ijrosi Eron Oliy Milliy Xavfsizlik Kengashi tavsiyasiga ko‘ra to‘xtatib qo‘yildi. Parlament spikeri Muhammad-Bog‘ir Qolibof bu qarorni rasman tasdiqladi. Hukumat qonun ijrosi jamiyatda qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini yanada chuqur o‘rganishni maqsad qilgan.
Hijob taqmagan ayollar endi jazolanmaydi — Eronda yangi qaror
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar