Xitoy qayta tiklanadigan energiya sohasida yana bir ulkan yutuqqa erishdi. Mamlakatda dunyodagi eng yirik suzuvchi shamol turbinasi yig‘ilib, sinovdan o‘tkazish uchun tayyor holga keltirildi.
Ushbu turbina Guanssi-Juang avtonom viloyatida, Beyxay shahri hududida joylashgan. Uning quvvati 16 megavattni tashkil etib, qanot maydoni 7 ta futbol maydoniga teng. Turbina 50 metr chuqurlikdagi suvda sinovdan o‘tkazilib, keyin elektr tarmog‘iga ulanadi.
Turbina yiliga 44,7 million kilovatt/soat energiya ishlab chiqaradi. Bu miqdor taxminan 4 mingta xonadonni energiya bilan ta’minlashga yetadi. Barcha qismlar, shu jumladan reduktor va ballast tizimi, Xitoyda ishlab chiqarilgan bo‘lib, mamlakatning texnologiyaviy mustaqillikka intilishini aks ettiradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar