date

Putin–Aliyev uchrashuvi AZAL fojiasi bilan boshlandi, hamdardlik bildirildi

Putin–Aliyev uchrashuvi AZAL fojiasi bilan boshlandi, hamdardlik bildirildi

Dushanbeda 9–10-oktyabr kunlari o‘tayotgan «Markaziy Osiyo – Rossiya» sammiti va MDH Davlat rahbarlari kengashi doirasidagi Vladimir Putin hamda Ilhom Aliyev muloqoti — o‘tgan yil 25-dekabrda Qozog‘iston hududida qulagan AZAL samolyoti halokatiga to‘xtalish bilan boshlandi. RIA yozishicha, uchrashuvni aynan shu masala bilan ochishni Putinning o‘zi taklif etgan.

Rossiya prezidenti, avvalroq Rossiya osmonida sodir bo‘lgan fojia uchun Ozarbayjon tomonidan rasmiy uzr so‘ralganini eslatib, halok bo‘lgan yo‘lovchilarning yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva kelishuvlar doirasida tergovga to‘liq ko‘mak bermoqda va hodisa sabablari, jumladan, osmonda Ukraina dronining mavjudligi bilan bog‘liq jihatlar ham o‘rganilmoqda.

Putinning aytishicha, fojia ro‘y bergen kuni AZAL borti uchta ukrain uchuvchisiz qurilmalarini “ergashtirib” Rossiya chegarasini kesib o‘tgan. Havo hujumidan mudofaa tizimi yo‘llagan ikki raketa laynerga to‘g‘ridan to‘g‘ri tegmagan — portlashlar bir necha metr uzoqlikda sodir bo‘lgan, yo‘lovchi samolyoti esa katta ehtimol bilan parchalardan shikastlangan. Shuningdek, ekipajga Maxachqal’aga qo‘nishga ruxsat berilgani, ammo ular o‘z aerodromiga qaytishni ma’qul ko‘rgani qayd etildi.

Davlat rahbari mas’ul mansabdorlarning harakatlari huquqiy bahosiz qolmasligini, tovon to‘lash masalalari bo‘yicha Rossiya zarur jarayonlarni amalga oshirishini bildirib, bu vaziyatni to‘liq yoritish uchun vaqt kerakligini urg‘uladi.

Ma’lumot uchun, AZAL samolyoti bortida jami 67 kishi (shu jumladan 5 nafar ekipaj) bo‘lgan: 38 yo‘lovchi hayotdan ko‘z yumgan, 29 nafari tirik qolgan. Sammit doirasidagi uchrashuvda esa tomonlar mazkur ishni har tomonlama, ochiq va tizimli tergov qilishdan manfaatdor ekanini yana bir bor tasdiqladilar.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin–Aliyev uchrashuvi AZAL fojiasi bilan boshlandi, hamdardlik bildirildi