Dubayda joylashgan Envirol kompaniyasi O‘zbekistonda 50 million dollarlik ekologik loyihani amalga oshiradi, deb xabar berdi Zamin.uz.
Loyiha doirasida umumiy ovqatlanish muassasalarida oqova suvdagi yog‘larni tozalash uchun maxsus filtrlar o‘rnatiladi. Bu tizim yordamida chiqindi yog‘lar ajratib olinib, xo‘jalik sovuni va bioyoqilg‘i kabi mahsulotlarga aylantiriladi.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov ma’lum qilishicha, Envirol kompaniyasi ushbu loyihaga investor sifatida kirishmoqda. Hozirgi kunda me’yordan ortiq yog‘ oqova suv infratuzilmasiga zarar yetkazayotgan bo‘lsa, yangi texnologiya bu muammoni bartaraf etishga yordam beradi.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, har bir litr oqova suvda 1 milligrammdan ortiq yog‘ bo‘lmasligi kerak. Lekin filtrlar bo‘lmagani uchun bu talabga amal qilinmayotgan edi. 2026 yil 1 iyuldan boshlab faqat filtr o‘rnatilgan oshxonalar suv tizimiga ulanishi mumkin bo‘ladi.
Ma’lumot o‘rnida, Envirol 2006 yilda Dubayda tashkil etilgan va hozirda kuniga 500 ming litrdan ortiq chiqindi moyni qayta ishlaydi.
Dubay kompaniyasi oqova suvdan sovun ishlab chiqaradi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar