date

Turkiyada mashhur jinoyatchi «Jahannam Najoti» hibsga olindi

Turkiyada mashhur jinoyatchi «Jahannam Najoti» hibsga olindi

Turkiya politsiyasi tomonidan jinoyat olamida «Jahannam Najoti» (Cəhənnəm Necati) laqabi bilan tanilgan 53 yoshli Jo‘shqun Arabaji qo‘lga olindi. Bu haqda Türkiye Today nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, u shuningdek «Kyoln otasi» nomi bilan ham mashhur bo‘lgan. Arabaji yillar davomida pul yuvish, tovlamachilik, giyohvand moddalar savdosi hamda qurol kontrabandasi bilan shug‘ullanganlikda ayblanmoqda.

Jinoyatchi 7 oktyabr kuni Izmir xalqaro aeroportida hibsga olingan. U Interpol tomonidan xalqaro qidiruv ro‘yxatiga kiritilgani ma’lum qilingan.

Hozirda Arabajiga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda, uning Turkiya va Yevropadagi jinoiy aloqalari o‘rganilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada mashhur jinoyatchi «Jahannam Najoti» hibsga olindi