date

Yoshlarga til o‘rganish uchun davlat subsidiyasi ajratiladi

Yoshlarga til o‘rganish uchun davlat subsidiyasi ajratiladi

O‘zbekiston Hukumati yoshlarning chet tillarini o‘rganishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yangi qaror qabul qildi. 8 oktyabrda qabul qilingan 632-sonli qarorga ko‘ra, til o‘rganishni istagan yoshlarga maxsus subsidiya ajratiladi.

Yangi tizim «2+6» dasturi orqali amalga oshiriladi. Unga muvofiq, sertifikatga ega bo‘lgan yoshlar dastlabgi ikki oyni o‘z hisobidan, keyingi olti oygacha bo‘lgan ta’lim muddatini esa Yoshlar ishlari agentligi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Subsidiya miqdori hududlar bo‘yicha quyidagicha belgilangan:

  • Toshkent shahrida — YaHMning 2 baravarigacha (824 ming so‘m),
  • Viloyat markazlarida — 1,5 baravarigacha (618 ming so‘m),
  • Tuman va shaharlarda — 1 baravarigacha (412 ming so‘m).

2025–2026 yillarda 20 ming nafargacha yoshlar subsidiya olishi kutilmoqda. Shuningdek, 2031 yilgacha har yili shuncha miqdorda yoshlarga grant ajratish rejalashtirilgan. Agar yillik limit to‘lsa, arizalar keyingi yilga ko‘chiriladi.

Mahsuldorlikni ta’minlash maqsadida subsidiya faqat elektron platformada ro‘yxatdan o‘tgan va dars qatnashuvi elektron tarzda nazorat qilinadigan o‘quv markazlariga beriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Yoshlarga til o‘rganish uchun davlat subsidiyasi ajratiladi