Eronning Maqsadlilikni tekshirish kengashi a’zosi Muhammadrizo Baxoner mamlakatda majburiy hijob qonunining ijrosi to‘xtatilganini ma’lum qildi. Bu haqda “Free Iran” telegram kanali xabar bergan.
Baxonerning ta’kidlashicha, hijobga oid qonun loyihasi endilikda huquqiy kuchga ega emas va amaliyotda tatbiq etilmaydi. Uning fikriga ko‘ra, hijob kiyish qonuniy jihatdan majburiy emas va bu uchun hech qanday jarima yoki huquqiy oqibat belgilanmagan. Bu haqda politsiya ham xabardor qilingan.
Mazkur bayonot mamlakatda hijob masalasi yuzasidan uzoq muddat davom etgan ijtimoiy bahslar va muhokamalar fonida e’lon qilindi. Endi Eron tarixida ilk bor hijob taqish shaxsiy tanlov sifatida e’tirof etilgan va har bir ayol o‘z xohishiga ko‘ra qaror qabul qilishi mumkin.
Bu o‘zgarish Erondagi huquqiy va ijtimoiy muhitdagi muhim tarixiy qadam sifatida baholanmoqda, hamda shaxsiy erkinlik va tanlovni hurmat qilish tamoyilini yanada mustahkamlaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!