date

Rossiya Tojikiston maktablariga 800 mingta darslik yubormoqda

Rossiya Tojikiston maktablariga 800 mingta darslik yubormoqda
Rossiya Tojikiston maktablariga 800 ming nusxada darslik yetkazib beradi. Bu haqda Rossiya ta’lim vaziri Sergey Kravsov Tojikiston ta’lim vaziri Xomid Xoshimzodaga rasmiy sertifikat topshirgan.

Ayni paytda Tojikistonda Rossiya mablag‘lari hisobidan qurilgan 5 ta maktab faoliyat yuritmoqda. Ushbu maktablarda ta’lim to‘liq rus tilida va Rossiya ta’lim standartlari asosida olib boriladi.

Bundan tashqari, ushbu maktablardagi o‘qituvchilarga ish haqi ham Rossiya tomonidan to‘lab beriladi. Loyiha ikki davlat o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Tojikiston maktablariga 800 mingta darslik yubormoqda