Abbos Fayzullayev Kuvaytga qarshi o‘yinda jarohat oldi

Abbos Fayzullayev Kuvayt termasiga qarshi uchrashuvning 21-daqiqasida raqib futbolchisi bilan to‘qnashib, tizzasidan jarohat oldi. U maydonni tark etdi va uning o‘rniga Aziz Turg‘unboyev tushdi. Abbos Fayzullayev jarohatining qanchalik og‘ir ekani hozircha noma’lum bo‘lib, bu tibbiy tekshiruvlardan so‘ng aniqlanadi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” klubi yarimhimoyachisi Abbos Fayzullayev Kuvayt termasiga qarshi bahs davomida jarohat oldi, deb yozmoqda championat.asia.
Uchrashuvning 21-daqiqasida u raqib futbolchisi bilan to‘qnashib ketdi va natijada tizzasidan lat yedi. Shu sababli, u maydonni tark etdi, o‘rniga esa Aziz Turg‘unboyev o‘yinni davom ettirdi.
Hozircha Abbos Fayzullayevning jarohati qanchalik og‘ir ekanligi noma’lum. Bu haqda aniq ma’lumot tibbiy tekshiruv natijalariga ko‘ra ma’lum bo‘ladi.






























Izohlar 0
…