date

Kannavaroning debyut o‘yinida O‘zbekiston Quvaytni mag‘lub etdi

Kannavaroning debyut o‘yinida O‘zbekiston Quvaytni mag‘lub etdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA kunlari doirasida Quvaytga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etdi. Fabio Kannavaro uchun ushbu bellashuv terma jamoa bosh murabbiyi sifatidagi debyut o‘yini hisoblandi va yurtdoshlarimiz mazkur o‘yinda 2:0 hisobida zafar quchishdi.

Uchrashuvning 11-daqiqasida Eldor Shomurodov hisobni ochdi. Oradan 8 daqiqa o‘tgandan so‘ng, Hojimat Erkinov ikkinchi gol muallifiga aylanib, ustunlikni mustahkamladi — 2:0.

69-daqiqada esa Otabek Shukurov penaltini golga aylantira olmadi.

O‘rtoqlik uchrashuvi.

O‘zbekiston - Kuvayt 2:0

Toshkent. "Olimpiya" stadioni

Gol: Eldor Shomurodov (Muhammadqodir Hamraliyev) 10, 1:0, Hojimat Erkinov (Otabek Shukurov)

O‘zbekiston: 12. Abduvohid Ne’matov, 2. Muhammadqodir Hamraliyev, 3. Xojiakbar Alijonov (11. Oston O‘runov,86), 5. Rustam Ashurmatov, 6. Akmal Mozgovoy ( 17. Abdurauf Bo‘riyev,86), 7. Otabek Shukurov ( 10. Azizjon G‘aniyev,69), 13. Sherzod Nasrullayev, 14. Eldor Shomurodov ( 21. Igor Sergeev, 69), 20. Xojimat Erkinov, 22. Abbosbek Fayzullayev (19. Azizbek Turg‘unboyev, 22) 23. Alibek Davronov ( 15. Umarbek Eshmurodov, 69).

Zaxira: 1. Vladimir Nazarov, 4. Dilshod Saitov, 8. Jamshid Iskanderov, 9. Anvar Hojimirzayev, 24. Jahongir O‘rozov, 26. Rustam Turdimurodov.

Kuvayt: 23. Suod Al Xushan, 2. Hasan Al Enezi, 5. Fahad Al Hajri, 7. Badir Abdulrahman (18. Otbi Solih, 27), 8. Ahmad Al Deferi, 9. Muat Al Enezi (10. Favaz Al Otaibi, 79), 14. Redha Abdujabarah, 15. Rashed Al Dousari (12. Abdulvahab Al Avadhi, 61) 20. Yusuf Al Sulayman, 21. Salman Muhammad (11. Jarah Al Hiloli, 61).

Zaxira: 1. Xaled Al Rashidi, 22. Soud Al Jenaya, 4. Xaled Al Najax, 6. Sultan Al Enezi, 13. Muhammad Al Nassar, 16. Xolid Al Marshad, 17. Talal Al Qaisi, 19. Holid Al Fadli.

Ogohlantirish: Redha Abdujabarah (Kuvayt) 59.

Ma’lumot uchun, “Oq bo‘rilar” 13-oktyabr kuni Urugvay terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kannavaroning debyut o‘yinida O‘zbekiston Quvaytni mag‘lub etdi