date

Rossiya Tojikiston maktablariga 800 ming darslik yubormoqda

Rossiya Tojikiston maktablariga 800 ming darslik yubormoqda

Rossiya Tojikiston ta’lim tizimini qo‘llab-quvvatlash maqsadida katta hajmdagi darsliklar yubormoqda. Bu haqda Rossiya ta’lim vaziri Sergey Kravsov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tojikiston ta’lim vaziri Xomid Xoshimzodaga rasman 800 mingta rus tilidagi darsliklarni yetkazib berish sertifikati topshirilgan.

Hozirgi paytda Tojikiston hududida Rossiya mablag‘lari hisobidan qurilgan beshta maktab faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu ta’lim muassasalarida dars jarayonlari to‘liq Rossiya ta’lim standartlari asosida va rus tilida olib boriladi.

Shuningdek, mazkur maktablarda faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning maoshi ham Rossiya hukumati tomonidan moliyalashtiriladi.

Bu tashabbus Moskva va Dushanbe o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Tojikiston maktablariga 800 ming darslik yubormoqda