Toshkentda yoshlarga oyiga 2 BHMgacha subsidiya beriladi

1 daqiqa o'qish173
Toshkentda yoshlarga oyiga 2 BHMgacha subsidiya beriladi

Hukumat qarori bilan «Yoshlarni xorijiy tillarni o‘quv markazlarida o‘rganish xarajatlarini qisman qoplash uchun subsidiyalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom» tasdiqlandi, deb xabar berdi UzNews.uz.

Nizomga ko‘ra, «2+6» dasturi joriy etiladi — unga ko‘ra, xorijiy til bo‘yicha kamida bazaviy sertifikatga ega bo‘lgan yoshlar dastlabki 2 oyni o‘z mablag‘i hisobidan to‘laydi.

Shundan so‘ng, agar o‘qish davom ettirilsa, keyingi 6 oy uchun davlat subsidiyasi ajratiladi. Bu mablag‘lar Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Davlat yoshlar siyosati qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan beriladi.

Har oyda subsidiya miqdori quyidagicha belgilangan:

• Toshkent shahrida — 2 BHMgacha;

• viloyat markazlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 1,5 BHMgacha;

• tumanlarda — 1 BHMgacha.

Yoshlar ishlari agentligi ma’lum qilishicha, 2025–2026-yillarda 20 ming nafar yoshga subsidiya ajratiladi. Shuningdek, 2031-yilgacha har yili yana 20 ming nafar ishtirokchiga davlat yordami taqdim etiladi. Agar yil davomida limitdan oshib ketilsa, subsidiya to‘lovlari keyingi yilgacha to‘xtatiladi.

Subsidiyalar faoliyat yuritayotgan va reyting platformasiga ro‘yxatdan o‘tgan, shuningdek, elektron darsga qatnashuvni kuzatish tizimiga ulangan o‘quv markazlariga beriladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?