date

60 yoshli ayolning Disneylenddagi sayohati fojea bilan tugadi

60 yoshli ayolning Disneylenddagi sayohati fojea bilan tugadi

Kaliforniyaning Anahaym shahrida joylashgan Disneylendda fojiali voqea sodir bo‘ldi — 60 yoshli ayol “Haunted Mansion” attraksionidan chiqqanidan so‘ng hushini yo‘qotib, vafot etdi. Bu haqda Variety nashri xabar berdi.

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, 60 yoshli ayol Rojdestvo mavzusidagi Nightmare Before attraksioniga tashrif buyurganidan so‘ng darhol hushini yo‘qotgan. Disneylend xavfsizligi birinchi yordam ko‘rsatdi. Keyinroq u mahalliy kasalxonaga olib ketilgan va u yerda vafot etgani ma’lum qilingan.

Hozircha o‘lim sababi aniqlanmagan. Mahalliy politsiya serjanti Mett Satterning ta’kidlashicha, attraksion faoliyatida hech qanday texnik muammo qayd etilmagan.

Disneylend rasmiy saytida “Haunted Mansion” “sekin harakatlanuvchi va eng kichik mehmonlar uchun ham mos attraksion” sifatida tavsiflangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 60 yoshli ayolning Disneylenddagi sayohati fojea bilan tugadi