O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi AQSH prezidenti Donald Trampning bevosita vositachiligida G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va garovdagilarni ozod etish bo‘yicha erishilgan kelishuvni mamnuniyat bilan olqishladi.
TIV bayonotida Misr, Qatar va Turkiyaning ushbu jarayondagi hamjihatlik va muvofiqlashtirilgan sa’y-harakatlari yuqori baholandi.
Vazirlik ta’kidlashicha, mazkur kelishuv zo‘ravonlikni to‘xtatish, gumanitar inqirozni yumshatish va siyosiy muloqotni qayta yo‘lga qo‘yish uchun muhim qadamdir.
O‘zbekiston xalqaro huquq normalari hamda BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalari asosida Yaqin Sharqda adolatli va barqaror tinchlikni ta’minlash yo‘lidagi sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor ta’kidladi.
TIV fikricha, o‘t ochishni to‘xtatish vaqtinchalik emas, balki uzoq muddatli tinchlik va o‘zaro ishonchni mustahkamlashga xizmat qilishi lozim.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!