Turkiya parlamentining maxsus komissiyasi 30 dekabr kuni respublikaning parlament boshqaruv shaklidan prezidentlik boshqaruv shakliga o‘tishini ko‘zda tutuvchi konstitusiyaviy islohot loyihasini tasdiqladi. Mamlakat konstitusiyasiga o‘zgarishlar kiritish loyihasi Rajab Toyyib Erdo‘g‘an rahbarlik qiluvchi hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi tomonidan kiritilgan, deb yozadi Kun.uz sayti.
Qonun loyihasi endi deputatlar tomonidan muhokama qilinadi. Agar 550 parlamentariydan 330 nafari mamlakatning bosh qonuniga o‘zgarishlar kiritish uchun ovoz bersa, u holda bu masala umumxalq referendumga qo‘yiladi. Loyiha mualliflarining fikricha, plebissit 2017 yilning mart yoki aprel oyidayoq o‘tkazilishi mumkin.
Deputatlar qonun loyihasini tasdiqlashsa, ulardan so‘ng turk fuqarolari ham uni qo‘llab-quvvatlasa, mamlakatning nafaqat konstitusion va hukumat tizimi o‘zgaradi, balki boshqa islohotlar ham boshlanadi. Tashabbuskorlarning taxminiga ko‘ra, bu islohotlar Turkiyaning demokratlashuv jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kerak.
Dastlab loyihaga 21 tuzatish kiritish ko‘zda tutilgandi. Maxsus komissiyaning 10 kun davom etgan majlisidan keyin 18 tuzatish qilishga qaror qilindi.
O‘zgarishlar mohiyati nimadan iborat?
- Turkiya 2019 yilga qadar o‘tish davriga kiradi, bu davr ichida mamlakatda parlament va prezidentlik saylovlari o‘tkazilmaydi;
- Davlat rahbari va deputatlar 2019 yilda, bir kunda saylanadi. Shundan keyin saylovlar har 5 yilda o‘tkaziladi. Bundan tashqari, loyihaga muvofiq prezident o‘z lavozimiga ikki martadan ortiq saylanishi mumkin bo‘lmaydi;
Aynan shu band ekspertlar jamiyati tomonidan eng ko‘p tanqidga uchramoqda, zero shunday bo‘lgan taqdirda, Erdo‘g‘an 2029 yilgacha hukumat tepasida qolish huquqiga ega bo‘ladi;
- Bosh vazir lavozimi bekor qilinadi. Davlat rahbari vise-prezidentlar, vazirlar va boshqa yuqori lavozimli amaldorlarni tayinlash imkonini qo‘lga kiritadi;
- Prezident davlat byudjeti loyihalarini tayyorlash va tasdiqlash uchun parlamentga taqdim etish huquqini oladi. Qolgan qonunchilik funksiyalari parlamentariylar tasarrufida bo‘ladi;
- Prezident parlamentga bosim o‘tkazish imkonini qo‘lga kiritadi - u istagan vaqtda parlamentni tarqatib yuborish haqida e’lon qilishi mumkin;
Turkiya rahbari shunday qilgan taqdirda uning vakolat muddati avtomatik ravishda qisqaradi, mamlakatda esa yangi saylovlar (parlament va prezidentlik saylovlari) o‘tkaziladi.
- Parlament deputatligiga nomzodlarga nisbatan yoshga doir qo‘yiladigan talablar o‘zgaradi. Hozirda salohiyatli nomzod 25 yoshga etishi kerak bo‘lsa, konstitusiyaga o‘zgartirish kiritilgan taqdirda, 18 yoshli xalq nomzodlari paydo bo‘lishi mumkin. Deputatlarning umumiy soni 550dan 600 nafarga oshadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi