date

Shimoliy Koreyada xorijiy filmlar ko'rganlar qatl etilmoqda

Shimoliy Koreyada xorijiy filmlar ko'rganlar qatl etilmoqda
BMT hisobotida aytilishicha, Shimoliy Koreya hukumati xorijiy filmlar va seriallarni tomosha qilgan yoki ulashgan fuqarolarni qatl qilishni boshlagan. Qochqinlarning gapiga ko‘ra, 2020-yildan beri bunday odamlar jamoat oldida otib o‘ldirilmoqda.

Hisobotda mamlakat aholisi ustidan nazorat juda kuchaygani va odamlarning erkinligi cheklangani qayd etilgan. Aholi mustaqil savdo qila olmaydi, chegaradan chiqish esa deyarli imkonsiz.

Qochqinlar Kim Chen In hokimiyatga kelganda hayot yaxshilanadi, degan umid bo‘lganini aytishdi. Ammo yadro dasturiga ko‘proq e’tibor qaratilishi ortidan turmush sharoitlari og‘irlashgan, ovqat topish qiyinlashgan.

BMT Shimoliy Koreyada majburiy mehnat va qamoq lagerlari hamon borligini bildirdi. Tashkilot Pxenyandan qatl jazolarini to‘xtatishni va fuqarolarga ko‘proq huquq berishni talab qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shimoliy Koreyada xorijiy filmlar ko'rganlar qatl etilmoqda