date

«Al Ahli» ustozi Mattias Yayssle «Nasaf»ga qarshi bahs oldidan fikr bildirdi

«Al Ahli» ustozi Mattias Yayssle «Nasaf»ga qarshi bahs oldidan fikr bildirdi

Elit OCHL musobaqasining birinchi turidan o‘rin olgan «Al Ahli» – «Nasaf» o‘yini oldidan Saudiya klubi bosh murabbiyi Mattias Yayssle matbuot anjumanida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Germaniyalik mutaxassisning ta’kidlashicha, jamoa katta intizorlik bilan bahsga tayyorlanmoqda. «Barchamiz ertangi o‘yinni intiqlik bilan kutyapmiz. O‘tgan mavsumda bu musobaqada yorqin xotiralarga ega bo‘lganmiz. Ilk o‘yinni o‘z maydonimizda va ishqibozlarimiz ko‘z o‘ngida o‘tkazayotganimizdan mamnunmiz. Shu sababli, yangi mavsumni g‘alaba bilan boshlab, muvaffaqiyatli chiqishimizni davom ettirishga harakat qilamiz», — dedi Yayssle.

Shuningdek, u raqib haqida ham to‘xtalib o‘tdi: «Albatta, “Nasaf”ning kuchli jihatlarini yaxshi o‘rganganmiz. Biroq g‘alabaga erishish uchun asosiy e’tiborni o‘z imkoniyatlarimizga qaratamiz. Bizda ham juda salmoqli ustunliklar mavjud».

Shu bilan birga, tarkib bilan bog‘liq muammolar haqida ham so‘z bordi: «Ayrim futbolchilar milliy terma jamoalar safidagi bahslarda jarohat olishgan. Bu men uchun yoqimsiz holat. Biroq tiklanish uchun hali bir kecha vaqt bor. Qolganlar esa butun kuchini maydonda berishga tayyor», — dedi 37 yoshli murabbiy.

Eslatib o‘tamiz, «Al Ahli» – «Nasaf» uchrashuvi 15-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:15 da start oladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Al Ahli» ustozi Mattias Yayssle «Nasaf»ga qarshi bahs oldidan fikr bildirdi