Aktyor Ebbi Chempionga uylangan.
"Oq nilufar" seriali yulduzi Patrik Shvarsenegger o‘zining yashirin to‘yi aks etgan suratni sahifasiga joyladi.
Arnold Shvarseneggerning 31 yoshli o‘g‘li 7 sentyabr kuni uylandi. Uning tanlovi aktyor 10 yildan beri uchrashib kelayotgan 28 yoshli Ebbi Chempion bo‘ldi. Juftlik tadbirni tor doirada nishonladi.
Bir necha kun o‘tgach, Patrik ijtimoiy tarmoqlarda maxfiy tantanadan olingan kadrlarni baham ko‘rishga qaror qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, to‘yda Patrik va Ebbining ota-onasi ishtirok etgan, tadbir Aydaho shtatining Ker-d’Alen shahridagi Gozzer Ranch xususiy klubida bo‘lib o‘tgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar