date

Gvardiola Husanovning o‘yini haqida fikr bildirdi

Gvardiola Husanovning o‘yini haqida fikr bildirdi

APL 4-turidan o‘rin olgan derbi bahsida «Manchester Siti» o‘z maydonida «Manchester Yunayted»ni yirik 3:0 hisobida taslim etdi. Uchrashuvdan keyin «shaharliklar» murabbiyi Pep Gvardiola o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov haqida fikr bildirdi.

Ispaniyalik mutaxassis aytishicha, jamoaga oldindagi 11 oy mobaynida har uch kunda maydonga tushishga to‘g‘ri keladi. Shu sababli bir futbolchidan doimo o‘ng qanotda harakat qilishni talab etib bo‘lmasligini ta’kidladi.

— Agar siz Husanov har bir uchrashuvda o‘ng qanot himoyachi sifatida maydonga tushadi deb o‘ylasangiz, aytaman – buning iloji yo‘q. Bizga yana futbolchilar kerak bo‘ladi. Ammo men uning jismoniy ko‘rsatkichlarini yaxshi bilaman. U hali yosh, o‘rganishi va o‘sishi lozim. Shunga qaramay, u juda tezkor. Bugun yangi vazifasida qanotni mustahkam yopdi. Husanov toza futbol ko‘rsatdi, to‘pni deyarli yo‘qotmadi, — dedi Gvardiola.

Murabbiy shuningdek, himoyachining ba’zan ortiqcha energiyasi noto‘g‘ri qaror qabul qilishga olib kelishi mumkinligini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kichik kamchilik vaqt o‘tishi bilan yo‘qoladi.

— Husanov bilan ko‘p gaplashamiz. Bu faqat vaqt masalasi. Uning tezligi ajoyib, u doimo hushyor. Bugungi derbida u juda, juda yaxshi o‘ynadi, — deya qo‘shimcha qildi Gvardiola.

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov derbining birinchi bo‘limida jamoasining eng yaxshi uch futbolchisidan biri sifatida qayd etildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gvardiola Husanovning o‘yini haqida fikr bildirdi