O‘zbekiston elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov Onodera User Run kompaniyasi rahbariyati bilan muzokara o‘tkazdi.
Muloqot davomida mehnat migratsiyasi yo‘nalishida amalga oshirilayotgan qator qo‘shma tashabbuslar, shuningdek, istiqboldagi rejalar batafsil ko‘rib chiqildi.
Onodera User Run kompaniyasi o‘zbekistonlik yigit-qizlarga yapon tili va turli kasblar sir-asrorlarini o‘rgatishga qaratilgan yirik loyihani amalga oshirmoqda. Xususan, mazkur kompaniya tashabbusi bilan Toshkent shahrida maxsus o‘quv markazi tashkil etilmoqda.
Bu ta’lim maskanida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan talabgorlar kelgusida Yaponiyaning turli sohalarida — haydovchilik, qariyalarga xizmat ko‘rsatish hamda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish kabi yo‘nalishlarda ish bilan ta’minlanishi mumkin bo‘ladi.
Uchrashuv yakunlarida esa ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni kengaytirish va muloqotni izchil davom ettirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Foto: "Dunyo" AA
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!