London tarixidagi eng yirik namoyishlardan biri bo‘lib o‘tdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, taxminan 1,5 million kishi «Qirollikni birlashtir» degan shior ostida ko‘chalarga chiqdi. Katta olamshumul aksiya Temza daryosining janubiy sohilida joylashgan Sazerk tumanida boshlandi.
Yig‘ilgan xalq poytaxt markaziga yo‘naldi va Uaytholl hukumat mavzesi sari harakat qildi. Namoyishchilar Vestminster ko‘prigidan o‘tib, yurishning asosiy manzili – bosh vazir Kir Starmer qarorgohi oldidagi ko‘chada to‘planishdi.
Tashkilotchilarning ma’lumot berishicha, ushbu yirik harakatni o‘ta o‘ng qanot yo‘nalishi bilan tanilgan English Defence League harakati asoschisi Tommi Robinson uyushtirgan.
London ko‘chalarida to‘plangan odamlar turli xil plakatlar, shiorlar va da’vatlar bilan chiqish qildi. Kuzatuvchilar ta’kidlashicha, bu harakat Buyuk Britaniyadagi siyosiy jarayonlarga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Ta’kidlash joizki, namoyish nafaqat soni bilan, balki uyushganligi va siyosiy rang-barangligi bilan ham tarixiy voqea sifatida qayd etildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!