date

«Arsenal» «Lids»ni yirik hisobda mag‘lub etdi va boshqa o‘yinlar natijasi

«Arsenal» «Lids»ni yirik hisobda mag‘lub etdi va boshqa o‘yinlar natijasi

Angliya Premer-liga 24-turidagi uchta o‘yin bir paytning o‘zida “hissiyotlar paketini” berdi: bir yerda yirik g‘alaba, bir yerda so‘nggi soniya dramasi, yana bir yerda mehmonning sovuqqon “ish bitdi”si.

"Lids" maydonida "Arsenal"ning “katta bayonoti”

"Arsenal" safarda "Lids Yunayted"ni 4:0 hisobida mag‘lub etib, chempionlik poygasidagi kayfiyatni yana baland qildi. Hisobni 27-daqiqada Martin Subimendi ochdi, birinchi taymda esa Karl Darlauning avtogoli londonliklarga yanada qulaylik yaratdi. Ikkinchi bo‘limda Viktor Gyokeresh va Gabriel Jezus nuqtani qo‘ydi.

Lids – Arsenal 0:4

Gollar: Subimendi 27, Darlau 38 avtogol, Gokeresh 69, Jezus 86

Lids – Darlau, Bogl, Gudmundsson, Rodon, Streyk, Jastin (Longstaff, 46), Ampadu, Gruyev (Okafor, 46), Stax (Gnonto, 81), Aaronson, Kalvert-Lyuin (Piroye, 85).

Arsenal – Rayya, Timber, Saliba, Gabrriel, Inapkiye (Kalafiori, 76), Rays, Subimendi, Xavers (Edegor, 61), Madueke (Martinelli, 61), Trossar (Eze 81), Gokeresh (Jezus, 75)

"Vulverxempton"ga "Bornmut" klubi “sovuq dush” qildi

"Vulverxempton" o‘z maydonida "Bornmut"ga 0:2 hisobida yutqazdi. Mehmonlar safida Eli Junior Kroupi 33-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, Aleks Skott 90+1-daqiqada g‘alabani “muhrlab” qo‘ydi.

Vulverhempton – Bornmut 0:2

Gollar: Kroupi 33, Skott 90+1

Vulverhempton – Sa, Moskera, S, Bueno, Agbadou, Gomesh, Joao Gomes, Andre, Mane, X.Bueno, Arokodare, Xvang (Larsen, 70)

Bornmut – Petrovich, Smit, Hill, Senesi, Tryuffert, Skott, Kuk, Ximenes, Kruopi (Kristiye, 68), Adli (Rayyan, 68), Evanilson

Betuning oxirgi soniyadagi “qutqaruv”i

"Brayton" 73-daqiqada Paskal Gross goli bilan g‘alaba tomon ketayotgandek edi. Lekin "Everton" taslim bo‘lmadi: 90+7-daqiqada Bet-u hisobni tenglashtirib, mehmonlar uchun juda qimmat 1 ochko olib berdi — 1:1.

Brayton – Everton 1:1

Gollar: Gross 73 - Bet-u 90+7

Brayton –Verbryuggen, Kadio‘g‘li, van Hekke, Dank, de Kyuper (Veltman, 70), Ayyari, Baleba, Gross, Ryutter, Uelbek (Kostoulas, 70), Mitoma (Minteh, 60)

Everton – Pikford, O’Brayn, Tarkovski, Kin, Brantueyt, Guye, Garner, Armstrong, Dyuzberi-Holl, Ndiay, Barri (Bet-u, 89)

Natijada turnir jadvalida "Arsenal" 53 ochko bilan peshqadam yurishini davom ettiryapti.

Qolgani esa oddiy: 24-tur hali “isib” ketdi, keyingi o‘yinlar esa bundan ham ko‘proq "syurpriz" tayyorlab qo‘yishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » «Arsenal» «Lids»ni yirik hisobda mag‘lub etdi va boshqa o‘yinlar natijasi