date

Jaloliddin Masharipov chet elda operatsiya qilingani ma’lum bo‘ldi

Jaloliddin Masharipov chet elda operatsiya qilingani ma’lum bo‘ldi

Eronning «Istiqlol» klubi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Jaloliddin Masharipov jarohatidan keyin davolanish jarayonini davom ettirish uchun chet elga yuborilgan va u yerda jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan.

Bayonotda futbolchining sog‘lig‘iga doir asosiy ma’lumot berilib, Masharipovga tezroq tuzalish, reabilitatsiyani muvaffaqiyatli o‘tash va maydonga yanada baquvvat holda qaytish tilagi bildirilgan.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston milliy jamoasi a’zosi jarohati sabab ancha muddat maydondan uzoqda qolib ketgan, 1 yanvar kuni esa qayta o‘yinga qaytgan edi. O‘sha bahsda u zaxiradan maydonga tushgan, biroz vaqt o‘tgach esa yana almashtirilgani ham qayd etildi — demak, muammo o‘zini yana bir bor sezdirgan.

Hozircha Masharipovning qancha muddatga safdan chiqqani rasman aytilgani yo‘q. Lekin bitta narsa aniq: asosiysi shoshmasdan, to‘liq tiklanib qaytish. Yarim tayyor holatda qaytish — “kambek” emas, ortga qadam bo‘lib qoladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jaloliddin Masharipov chet elda operatsiya qilingani ma’lum bo‘ldi