date

Qaysi davlat eng yaxshi milliy taomi bilan yetakchi o‘rinda?

Qaysi davlat eng yaxshi milliy taomi bilan yetakchi o‘rinda?

World Population Review platformasi tomonidan e’lon qilingan so‘nggi tadqiqotga ko‘ra, turli mamlakatlarning milliy oshxonalari taqqoslandi, deb xabar beradi World Population Review. 2025-yil uchun tuzilgan ro‘yxatga 99 ta davlat kiritilgan, biroq O‘zbekiston unga qo‘shilmagan.

Tadqiqot 400 mingga yaqin foydalanuvchilar tomonidan qoldirilgan fikrlar asosida shakllantirilgan. Har bir mamlakatning taomlari sifati 0 dan 5 ballgacha bo‘lgan shkalada baholangan.

Natijalarga ko‘ra, Gretsiya milliy oshxonasi 4,6 ball bilan birinchi o‘rinni egallagan. Ularning ovqatlari tayyorlashda soddaligi va tetik mahsulotlardan iboratligi bilan ajralib turadi. Italiya, Meksika, Turkiya, Ispaniya, Portugaliya, Indoneziya, Fransiya, Yaponiya va Xitoy ham kuchli o‘nlikka kirgan.

Gruziya 30-o‘rinni, Rossiya esa 34-pog‘onani egallagan. Ro‘yxatdagi eng kam ballarni esa Albaniya, Nigeriya, Boliviya, Laos va Nikaragua olgan. Qozog‘iston hamda Armaniston 3,9 ball to‘plab, ulardan biroz yuqoriroq o‘rinda turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Qaysi davlat eng yaxshi milliy taomi bilan yetakchi o‘rinda?