Toshkent metrosining 19 bekatida 1 fevraldan kassalar yopiladi

Toshkent metropolitenida 1 fevraldan yana 19 ta bekatda kassalar faoliyati to'xtatiladi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK ma’lum qildi.
Kassalar yopiladigan bekatlar ro'yxatiga “Yangihayot”, “Sergeli”, “Uzgarish”, “Choshtepa”, “Milliy bog”, “Mustaqillik maydoni”, “Amir Temur hiyoboni”, “Pushkin”, “Dustlik”, “Aviasozlar”, “Toshkent”, “Oybek”, “Kosmonavtlar”, “Uzbekiston”, “Gofur Gulom”, “Chorsu”, “Turkiston”, “Shahriston” va “Bodomzor” kiradi.
Bekatlarda bir martalik QR-bilet beruvchi infokiosklar o'rnatiladi. Yo'lovchilarga to'lovning o'ndan ortiq turi taklif etiladi: bank va transport kartalari, yuzni tanish (Face ID), kaft orqali to'lov (PalmPay) hamda mobil ilovalar.
Metropoliten ma’lumotiga ko'ra, kassalarning yopilishi chipta xarid qilish jarayonini tezlashtirish va yo'l haqini to'lashni soddalashtirishga xizmat qiladi. Yo'lovchilar fikrini inobatga olgan holda, qolgan bekatlarda ham kassalarni bosqichma-bosqich yopish rejalashtirilgan.
Avvalroq, 2025 yil 9 dekabr kuni 16 ta bekatda kassalar yopilgandi. Kassir lavozimlari bekor qilinadi, xodimlarga esa buxgalteriya, tikuvchilik va qandolatchilik kabi yo'nalishlarda bepul qayta tayyorlash kurslari taklif etiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!