date

O‘zbekistonga turistlar oqimi 50 foizga oshdi

O‘zbekistonga turistlar oqimi 50 foizga oshdi
2025 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonni 8,6 millionga yaqin xorijiy turistlar tashrif buyurdi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,8 millionga yoki 49,3 foizga ko‘pdir.

Eng ko‘p mehmonlar Qirg‘izistondan – 2,4 million kishi, Qozog‘istondan – 2 million kishi hamda Tojikistondan – 1,9 million kishi tashrif buyurgan. Shuningdek, Rossiyadan 757,1 ming, Afg‘onistondan 343,6 ming va Turkmanistondan 275 ming turist kelgan.

Bundan tashqari, Xitoy (176,9 ming), Turkiya (129,9 ming), Hindiston (55,8 ming) va Janubiy Koreyadan (35,2 ming) ham sayyohlar tashrif buyurgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekistonga turistlar oqimi 50 foizga oshdi