
Uzatom agentligi delegatsiyasi Italiyaning Genuya shahrida joylashgan Ansaldo Energia zavodiga tashrif buyurdi. Ushbu zavod dunyodagi yetakchi turbina uskunalari ishlab chiqaruvchilardan biri sanaladi.
Tashrif davomida delegatsiya turbogeneratorlar ishlab chiqarish texnologik jarayoni bilan tanishtirildi. Italiya tomoni delegatsiyani zavod sexlariga olib kirib, turbina rotorlari va pichoqlarini ishlab chiqarish jarayonlarini ko‘rsatdi.
Zavod quvvati kichik va ixcham uskunalardan tortib, ming megavattdan ortiq quvvatga ega bo‘lgan yirik qurilmalargacha ishlab chiqarishga qodir. Agentlikning ma’lum qilishicha, Ansaldo Energia keng turdagi turbinalar va ularning komponentlarini taklif qiladi.
Tashrif yakunida ushbu uchrashuv O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi qurish loyihasi uchun texnik hamkorlik va parametrlarni baholash bo‘yicha kelgusidagi muloqotga asos bo‘lishi ta’kidlandi.
Uzatom delegatsiyasi Italiyadagi zavodda bo‘ldi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar