
2025-yil 29-oktyabrdan Toshkent shahrida 134-avtobus yo'nalishi o'zgartirildi. Bu haqda shahar transport boshqarmasi xabar berdi.
Endilikda avtobus "Bog'ishamol" mahallasi va "Chilonzor" metro bekati o'rtasida qatnaydi. Ilgari esa avtobus "Janubiy vokzal" va "Chilonzor" metro bekati o'rtasida harakatlangan.
Mazkur o'zgarishlar poytaxt va Toshkent viloyati tumanlari o'rtasida transport aloqasini yaxshilash hamda yo'llardagi tirbandlikni kamaytirish maqsadida amalga oshirildi. Boshqarmaga ko'ra, yo'lovchilar "Chilonzor" metro bekati va "Janubiy vokzal" o'rtasida harakatlanadigan 8, 48, 70, 84, 99 va 131-yo'nalishdagi avtobuslardan foydalanishlari mumkin.
Ushbu yo'nalishda har kuni 75 ta avtobus qatnaydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar