date

OPEK+ neft qazib olishni oshiradi

OPEK+ neft qazib olishni oshiradi
OPEK+ guruhiga kiruvchi sakkizta davlat kunlik neft qazib olish hajmini 137 ming barrelga oshirishga kelishib oldi. Bu haqda tashkilotning rasmiy saytida e'lon qilindi.

OPEK+dan ma'lum qilishlaricha, qaror bozordagi qulay sharoit va past darajadagi neft zaxiralari bilan bog‘liq. Shuningdek, tashkilot 2024 yil yanvar oyidan boshlab har qanday ortiqcha ishlab chiqarilgan hajmni to‘liq qoplash niyatida ekanini tasdiqladi.

OPEK+ga a'zo mamlakatlar bozor sharoitlarini tahlil qilish, talablar va kompensatsiyalarni muhokama qilish uchun har oy uchrashuvlar o‘tkazadi. Ushbu qaror joriy yilning dekabr oyidan kuchga kirishi kutilmoqda.

Shuningdek, neft karteli joriy yil yanvar-mart oylarida neft qazib olishni oshirishni rejalashtirmayotganini bildirdi. OPEK+ dunyo bo‘yicha neft qazib olishning 50 foizigacha ulushga ega.

Guruh tarkibiga Jazoir, Qozog‘iston, Quvayt, Iroq, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari va Ummon kiradi. Ikki yil oldin tashkilot bozorni barqarorlashtirish maqsadida neft ishlab chiqarishni kamaytirgan edi.

Joriy yilning aprel oyida esa kartel xomashyo qazib olish hajmini asta-sekin oshirishni boshladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » OPEK+ neft qazib olishni oshiradi