date

BBC bosh direktori iste'fo berdi


BBC bosh direktori Tim Deyvi Donald Trampning nutqi bilan bog'liq mojarolar sabab o'z lavozimidan iste'fo berdi. Bu haqida Daily Mail xabar berdi.

Deyvi bilan birga, kompaniyaning yangiliklar bo'limi rahbari Debora Terness ham iste'fo berdi. Mojaroga Trampning 2021 yil 6 yanvardagi nutqidan olingan lavhalarning BBCning Panorama dasturida noto'g'ri tahrir qilinishi sabab bo'ldi.

Ushbu tahrir natijasida Tramp go'yoki o'z tarafdorlarini Kapitoliy tomon yurishga va "bor kuch bilan kurashishga" chaqirgandek ko'rsatilgan. Tim Deyvi ushbu xatolar uchun to'liq mas'uliyatni o'z zimmasiga olishini bildirgan.

Donald Tramp esa Truth Social platformasida Deyvining iste'fosini olqishlab, uni "juda nohaq inson" deb atadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Dunyo » BBC bosh direktori iste'fo berdi